Inson tanasi ajratayotgan zaharni çiqarib yuboriş ham bir ne'mat ekanligini şu tizim kasalliklariga uçraganlar juda yaxşi bilişadi. Kun.uz saytida uyuştirilayotgan xayriyalar orasida buyrak kasalligidan aziyat çekayotganlar talaygina.

Uç yildirki haftasiga uç marta uç soatdan davom etuvçi gemodializ muolajalari bilan jon saqlab kelayotgan andijonlik Umidjon Yuldaşev “Surunkali buyrak yetişmovçiligi oğir darajasi, terminal bosqiçi” taşxisi bilan birinçi guruh nogironligiga çiqarilgan. Uning ikkala buyragi ham amalda işdan çiqqan, hayotini saqlab qolişning yagona yöli buyrak köçirib ötkaziş operatsiyasi.

– Inson bemorligida soğligini qadriga yetarkan. Heç kimning boşiga bu kunlar tuşmasin, men tortgan azoblarni biror kişiga ravo körmayman. Juda köpçilikdan yordam söraşga majbur böldim. Kun.uz muştariylarini saxiy insonlar deb bilaman. Iltimos, mendan kömagingizni dariğ tutmang. Men ham köpçilik qatori soğayib ketişni juda istayman, – dedi biz bilan suhbatda Umidjon.

Umidjon Yuldaşevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0201 1017 6042 (Milliy bank, Rustam Xoliqberdiyev nomida)

Sberbank: 4817 7602 1291 1444

Humo: 9860 0301 6577 2408 (Umid Yuldaşev nomida)

Viza: 4916 6400 0016 2261 (Rustam Xoliqberdiyev nomida)

Telefon raqami: +998979916545

Aziz yurtdoşlar! Umidjon noumid bölmasligini çin dildan istaymiz va öylaymizki savob olişning yana bir imkoniyatidan albatta foydalanasiz.

Abror Zohidov.