Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada tarix o‘qituvchisi o‘ldirildi. Qotillikda chechenistonlik yigit gumonlanmoqda
Parij yaqinida geografiya va tarix o‘qituvchisi qotillik qurboni bo‘ldi. Qo‘lida pichoq ushlagan yigit Koflan-Sent-Orion kolleji o‘qituvchisiga tashlangan va uning boshini tanasidan uzib tashlagan.
BFM TV telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘qituvchini o‘ldirishda gumon qilinayotgan yigitning ismi Abdulloh Anzorov. 2002 yilda tug‘ilgan chechen millatiga mansub yigit yoshligida oilasi bilan Rossiyadan Fransiyaga ko‘chib kelgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, gumondor avval ham mayda huquqbuzarliklari tufayli politsiyaga tanish bo‘lgan, lekin huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazdida radikal sifatida tanilmagan.
Hozirda o‘qituvchining o‘ldirilishi yuzasidan 9 kishi ushlangan. Ular qatorida gumondor yigitning ota-onasi, bobosi va akasi ham bor.
OAVda qotillikda gumon qilinayotgan shaxs qurbon bo‘lgan o‘qituvchining uzilgan boshini o‘zining «Tvitter» sahifasida e'lon qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Postda o‘qituvchi Muhammad alayhissalomni tahqirlagani uchun o‘ldirilgani aytiladi. Hozirda ushbu akkaunt blok qilingan.
Qotillik o‘tgan kuni Parij yaqinida sodir bo‘ldi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya yigitga o‘q uzgan.
Fransiya OAVning yozishicha, o‘qituvchi avvalroq o‘zining darslaridan birida so‘z erkinligining namoyishi sifatida Muhammad alayhissalomning karikatura qilingan rasmini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng unga tahdidlar boshlangan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu holatni islomiy terroristik harakat deya baholagan.
Mavzuga oid
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026