AQŞ qurolli kuçlari transport qömondonligi samolyot bortida koronavirus yuqtiriş xavfi borasida ötkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Tadqiqot mualliflari parvoz vaqtida kasallik yuqtiriş ehtimolini «juda past» deb baholaşgan.

Olimlar Zeteo Tech va S3i kompaniyalari, AQŞ mudofaa vazirligi, Nebraska universiteti strategik tadqiqotlar milliy instituti Boeing va United Airlines aviakompaniyalari bilan hamkorlikda avgust oyida ötkazgan tadqiqot davomida olimlar Boeing 767 va 777 samolyotlarida havo zarralari tarqalişini örganişdi.

Havo filtratsiyasi tufayli maxsus DNK-belgili zarralar havoda olti daqiqadan ortiq turmadi, oddiy xonadonda esa ular bir yarim soat tura oladi, deya qayd etgan tadqiqotçilar.

Tadqiqot mualliflarining xulosa qilişlariça, bir bemor boşqa yölovçilarga kasallik yuqtiriş uçun 54 soatga yaqin vaqt ketadi. Şu bilan birga, tajriba davomida yölovçilarning salon böylab yurişlari hisobga olinmagan – yölovçilar rolini manekenlar bajargan.

«Tadqiqotda bir nafar bemor bölişi közda tutilgani va yölovçilarning içkarida harakatlanişlari hisobga olinmagan bölsa-da, natijalar umidbaxş», — dedi AQŞ transport qömondonligi tezkor boşqarmasi koordinatori Jo Poup.