BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bölingan dunyo pandemiya qiyinçiliklariga qarşi kuraşda mağlub bölmoqda deb hisoblaydi. Bu haqida u Portugaliyaning «Lusa» axborot agentligi bilan suhbatda aytgan.

Uning aytişiça, jamoaviy harakatlar kerakli darajada qilinayotgani yöq, mikroskopik darajada kiçik bölgan virus esa odamlarni oç va qaşşoqqa aylantirmoqda. Bu kelgusi yillarda iqtisodiy halokatlarga ham olib kelişi mumkin. BMT rahbariga köra, millionlab odamlar oçlik va qaşşoqlik domida qolib ketmasligi uçun hozir aniq harakatlar qiliş kerak.

«COVID-19 sinov edi. Afsuski, insoniyat bu imtihondan ötolmayapti», deydi BMT boş kotibi. Guterrişga köra, davlatlar hozirga qadar bir milliondan ortiq insonni olib ketgan virusga qarşi yakdillik bilan kuraşganda, köproq narsaga erişiş mumkin edi.

Dunyodagi vaziyat yaxşi emasligini turli davlatlarda kuzatilayotgan işsizlik holatining ösişi, xalqaro taşkilotlarning vaziyat yomonlaşişi haqidagi prognozlari ham körsatmoqda.

Jahon banki yaqinda e'lon qilgan tahlillarga köra, 2021 yilgaça 150 million dunyo aholisi qaşşoqqa aylanişi va ular orasida öqimişlilar ham bölişi mumkin. Yana 176 million odamga qaşşoqlik xavf solmoqda.

2020 yilda dunyo iqtisodiyoti Ikkinçi jahon uruşi davridan buyon rekord darajada (5,2 foizga) pasayişi taxmin qilingan. Tiklaniş uçun esa beş yilgaça vaqt ketişi aytilmoqda.