Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi OTMlarning milliy reytingini e'lon qildi. “Fevral-iyun oylarida respublikaning 57ta oliy ta'lim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2020 yil 1 yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi”, - deb xabar bermoqda Ta'lim inspeksiyasi.

Reytingga köra, gumanitar va iqtisodiy sohada Özbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toşkent moliya instituti, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti yetakçi örinlarni egalladi.
Nukus davlat pedagogika instituti, Qöqon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti kabilar esa sönggi örinlarga joylaşdi.
Şuningdek, uşbu sohada Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti avvalgi yilga nisbatan yuqori poğonalarga kötarilgan.
Texnika va qişloq xöjaligi sohasida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent davlat agrar universiteti, Toşkent temir yöl transporti muhandislari instituti yetakçi örinlarni egalladi.
Andijon maşinasozlik instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti quyi örinlardan joy oldi.
Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent arxitektura-quriliş instituti kabi OTMlar avvalgi yilga nisbatan yuqori poğonalarga kötarilgan.
Tibbiyot sohasida Toşkent stomatologiya instituti, Toşkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti yetakçi örinlarni egalladi. Buxoro davlat tibbiyot instituti ötgan yilgi reytingdagi 16-örindan yuqoriga kötarilib, 12-öringa çiqdi.
Toşkent farmatsevtika instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti esa sönggi örinlarni egalladi.
Madaniyat, san'at va sport sohasida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti yetakçi örinlarga joylaşdi. Mazkur OTMlar dastlabki reytinglarda eng oxirgi 10talikka tuşgan edi. Joriy reytingda ular mos ravişda 29- va 32-örinlarga kötarilgan.












