Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
2020 yil 18 oktabr kuni soat 15:00da 40 yoshli F.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Andijon viloyati Baliqchi tumani Afsona MFY hududidan o‘tgan Baliqchi-O‘rmonbek avtomobil yo‘lining O‘rmonbek yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra F.X. shu yo‘nalishda qarshisidan harakatlanib kelayotgan 53 yoshli A.O‘.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, Nexia haydovchisi F.X. va yo‘lovchi, 53 yoshli J.M. hodisa joyida vafot etgan. Har ikkala avtomashinadagi yana uch nafar yo‘lovchi va boshqa bir haydovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib kasalxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026