AQŞda 2017 yilda Notpetya virusi tarqalişiga aloqador olti nafar rossiyalikka nisbatan  xakerlik ayblovi e'lon qilindi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.

Ayblov xulosasiga köra, olti nafar rossiyalik Ukraina, Gruziyadagi barqarorlikni, Koreyadagi Olimpiada va Fransiyadagi saylovlarni izdan çiqariş çiqariş maqsadida kiberhujumlar uyuştirgan.

AQŞ adliya vazirligi vakili ular Rossiya razvedka boş boşqarmasining “amaldagi va sobiq xodimlari” ekanliklarini ma'lum qilgan.

Vaşingtonning aniqlik kiritişiça, ayblanuvçilar razvedka boş boşqarmasining 74455-bölinmasi tarkibiga kiradi.