Qirğizistonning yangi hukumati budjet xarajatlarini qoplaş uçun Yevropa ittifoqidan moliyaviy kömak söradi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, duşanba kuni Qirğiziston taşqi işlar vaziri Ruslan Kazakbayev Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Peter Burian bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Qirğiziston Respublikasi budjetini qöllab-quvvatlaş uçun yordam beriş imkoniyatini körib çiqiş iltimos qilindi», - deyiladi vazirlik xabarida.
Muloqot davomida şuningdek, moliyaviy kelişuvlar loyihalari böyiça Qirğiziston va Yevropa tomoni örtasida uçraşuv taşkil etiş masalasi ham muhokama qilindi.
Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Qirğizistonning taşqi qarzi 4,8 mlrd dollarni taşkil qilib, mamlakat yalpi içki mahsulotining 56 foizidan köproğini taşkil qiladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Qirğizistonga moliyaviy yordam körsatişni töxtatib turişini ma'lum qilgandi.













