Toşkent şahrining Mirobod tumanida koronavirusni davolaşda işlatilayotgan “Remdesivir” dorisini 1 mln sömdan sotayotgan 4 nafar erkak tezkor tadbir davomida qölga olingan. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 17 oktabr kuni şaxsi oçiqlanmagan fuqaro Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, “X” ismli şaxs “COVID-19” virusiga qarşi qöllanilayotgan “Remdesivir” dorisini 1 mln 350 ming sömdan sotayotganini bildirgan va mazkur holat yuzasidan qonuniy çora körişni söragan.

17 oktabr kuni kuni soat 19:30larda Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi Jinoyat qidiruv bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Toşkent şahrida yaşovçi 34, 33 va 24 yoşdagi 4 nafar erkak “şartli sotib oluvçi” bölib iştirok etayotgan fuqaroga 60 dona “Remdesivir for Injection 100mg” (VDREM-100) nomli dorini 60 mln sömga sotayotgan vaqtda uşlangan. Dorilar hamda 60 mln söm pul aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan. Hozir mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Dorilarning noqonuniy sotilişi ularning narxini keskin kötarilişiga sabab bölyapti. “Remdesivir” dorisining haqiqiy narxi 500 ming atrofida, uşbu dori faqat dorixonalarda sotilişi kerak. Biroq afsuski bugungi kunda uşbu doriga talab yuqori bölgani bois ayrim şaxslar vaziyatdan foydalanib, uni qimmatroqqa sotişga urinmoqda, bu esa amaldagi qonunlarga zid», deydi Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi katta inspektori leytenant Pokiza Xöjayeva.












