Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi va Rostov-Don şahridagi boş konsulxonasiga Abxaziya hududida bölib turgan 400ga yaqin Özbekiston fuqarolarining vatanga qaytişda kömak beriş töğrisidagi murojaatlari kelib tuşgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligining operativ ştabi axborotida aytilişiça, uşbu muammoni hal etiş maqsadida mamlakat taşqi siyosat idorasi Rossiya tomoniga hamyurtlarni vatanga qaytariş uçun ularning Rossiya çegarasini kesib ötişlariga ruxsat oliş yuzasidan yana bir bor tegişli murojaat yuborgan.

Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladorlar, qariyalar va bolalar) iborat Özbekiston fuqarolarining birinçi guruhini şu yilning oktabr oyi boşlarida vatanga qaytariş rejalaştirilgan.

Qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan davlat çegarasini tranzit maqsadida kesib ötişga ruxsat berilgandan keyin Özbekistonga qaytariladi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.