Oktabr oyidagi Windows yangilanişi kompyuterlarda qator nuqsonlar paydo bölişiga olib keldi. Bu haqda foydalanuvçilarning fikrlariga asoslanib Windows Latest naşri xabar berdi.
Köplab kompyuter egalarining sözlariga köra, KB4579311 yangilanişini noma'lum xatolar tufayli komyuterga örnatişning imkoni yöq. Mabodo u örnatilganida ham qator nuqsonlar kelib çiqişi mumkin. Jurnalistlarning qayd etişlariça, eng köp tarqalgan muammo tasvirning monitorga uzatilişida kuzatilgan. Şuningdek, foydalanuvçilar ovoz kartalari, printerlar va boşqa qurilmalar işlaşida muammolar paydo bölganidan şikoyat qilişgan.
Qayd etilişiça, foydalanuvçilar köpinça butun tizimning işlamay qolişiga duç kelişgan. Windows lisenzion nusxasiga ega foydalanuvçilar yangilaniş örnatilganidan söng «kök ölim ekrani» (Blue Screen of Death, BSoD) paydo bölganini ma'lum qilişgan.
KB4579311 yangilanişi 13 oktabr kuni çiqdi. Microsoft mutaxassislari hozirça muammo borasida izoh bermadi. Jurnalistlar yangilanişni örnatmay turişni yoki öçirib taşlaşni tavsiya qilişmoqda.

















