O‘zbekiston | 11:48 / 21.10.2020
5704
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat-protsessual kodeksga dastlabki eshituv to‘g‘risida tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda

Oliy sud “Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Hujjat bilan 49-bobga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda, u “Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash” deb nomlanadi.

395-modda yangi tahrirda keltirilmoqda, unda kelib tushgan jinoyat ishi bo‘yicha sudyaning harakatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zgartirishlar ishni o‘rganish natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning bir qismi dastlabki eshituv bosqichida rasmiylashtirilishi lozimligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, protsessual hujjatlarni birxillashtirish maqsadida qaror o‘rniga ajrim chiqariladi.
 
397-modda ham yangi tahrirda keltirilmoqda – “Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrim”. U ishni ochiq yoki yopiq sud majlisida ko‘rilishini ko‘rsatish zarurati bilan to‘ldirilmoqda.
 
398-moddaning amaldagi tahririda “Mulkiy zararni qoplashni ta'minlash choralari” sudyaning surishtiruvchi yoki tergovchining zimmasiga mulkiy zarar qoplanishini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasini yuklash bo‘yicha vakolatlari nazarda tutilgan. Biroq ushbu huquqni amalga oshirish mexanizmi moddada nazarda tutilmagan. Modda sudya bunday hollarda o‘z ajrimi bilan protsessual hujjat berishi kerak bo‘lgan qoida bilan to‘ldirildi.
 
Qonun loyihasida jinoyat protsessida dastlabki eshituv joriy etilishi bilan bog‘liq boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar keltirilgan.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid