Tuman axborot xizmati xabar berişiça, 16 oktabr kuni tungi soat 02:00 larda 9203-harbiy qism çegara xodimlari bilan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan çegaradoş Tuproqqal'a tumani, «Tuproqqal'a» mahallasi çegaraoldi hududida 4 nafar fuqaro çegaraoldi hududlarida böliş rejimini hamda ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini buzib, noqonuniy ov qilgani aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, şu vaqtda Tuproqqal'a tumani «Tuproqqal'a» mahallasidagi ekin maydonlarida, şoli hosili yiğim terimini nazorat qilib yurgan Tuproqqal'a tuman hokimining qişloq xöjaligi böyiça örinbosari Şomurodov Şuhrat Jahongiroviç va IIB xodimi çegara xodimlari ov qilib yurgan fuqarolarni uşlab turganligini körib, çegara xodimlariga yordam beriş maqsadida ularga yaqin borgan. Şunda 9203-sonli harbiy qism çegara xodimlari ularni ham çegara postiga olib borib, ularga nisbatan çegara zonasiga kiriş qoidasini buzganliklari haqida ma'muriy bayonnoma tuzilib sud jarayoniga tegişli hujjatlar bilan taqdim qilingan.

Tuproqqal'a tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi böyiça örinbosari 19 oktyabrdan binoan öz arizasiga köra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qöşimça ma'lumotlar töplangan hujjatlar asosidagi sudning qonuniy kuçga kirgan qaroridan keyin ma'lum qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, 16 oktabr kuni harbiy qism çegaraçilari bilan ötkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qiliş maqsadida yurganligi aniqlangani xabar berilgandi. 

Kun.uz manbasi ular noqonuniy ovga aloqador şaxslar orasida tuman hokimi örinbosari bölganini tasdiqlagan.