Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 9 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin sotgan
2020 yil yanvar-sentabr oylarida eksport tarkibida oltinning ulushi 46,5 foizga teng bo‘ldi.
Foto: Akio Kon/Bloomberg
2020 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish 45,7 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksport tarkibida oltinning ulushi 146,5 foizga teng bo‘ldi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Avvalroq, O‘zbekiston 8 oyda qancha oltin sotgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
13:21 / 25.02.2026
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
12:39 / 25.02.2026
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
07:36 / 25.02.2026