Qirğiziston parlamenti mamlakat boş prokurori Ötkurbek Jamşitovni lavozimidan muddatidan avval ozod qilinişi uçun ovoz berdi.
E'lon qilinişiça, Jamşitov "muddatidan avval" va "öz xohişiga köra" lavozimidan ozod qilingan.
Qirğizistonda 4 oktyabrda ötkazilgan parlament saylovlaridan söng saylov natijalaridan norozi partiyalar vakillari Bişkekda ommaviy tartibsizliklar uyuştirdi. Buning ortidan boş vazir Kubatbek Boronov va parlament spikeri Dastanbek Jumabekov iste'foga çiqdi.
14 oktabr kuni Qirğiziston parlamenti Sadir Japarovni boş vazirlikka tayinladi.
Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirğiziston prezidentligidan iste'foga çiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga köra, davlat rahbarining barça majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga ötişi kerak edi. U bu vakolatdan voz keçgaç, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga ötdi.
Respublika markaziy saylov komissiyasi 21 oktabr kuni saylov natijalarini bekor qildi va 20 dekabrda takroriy saylovlar ötkazilişini ma'lum qildi.













