Zangiotalik Rahimjon Mirzayev işlatilgan elektr energiyasi uçun tölovlarni dastlab eski hisoblagiç körsatkiçlari böyiça, söngra yangisi böyiça tölaganini, şundan keyin ham korxona uni 507 ming sömga qarzdor qilib qöyayotganini aytmoqda.
U 17 oktabr kuni xonadoni elektr tarmoğidan uzilgani, yöq joydan çiqib kelgan qarzlarni tölaş uçun navbatda turganini ta'kidlaydi.


«26 iyunda işlatilgan elektr energiyasi uçun 700 ming söm naqd tölaganman. Undan oldingi tölov esa 1 mln 35 ming söm bölgan. 5 avgustda hisoblagiçlarimiz almaştirildi. Keça Özgarişdagi kassaga borsam, elektrdan 704 ming söm qarzingiz bor ekan, deb aytişyapti.
Ma'lum bölişiça, bizdan 700 ming söm naqd pul olgan MIB inspektori hisobimizga 70 ming söm ötkazgan. Bu bizning aybimiz emas-ku. Inspektorning aybi bilan yuzaga kelyapti qarzdorlik, men öz vaqtida tölaganman. Birovlarning aybi uçun uç kundan beri «svet»siz ötiribmiz.
MIB inspektorini topib telefonda gaplaşdim. Yoningizdan 700 ming söm tölab turing, haftaning oxirida sizga bankdan yeçib olib borib beraman, deydi. Elektr tarmoqlari korxonasi mas'ullari MIBdagilarni aybdor qilib körsatişyapti», – deydi Baxtiyor Abdullayev.
Ma'mura Hayitova ikki nafar nogiron qarindoşining nomidan vakil bölib kelganini, ular tölovlarni oyma-oy tölab borişgan bölsa-da, qarzdor bölib çiqişayotganini aytadi.

«Nogiron qarindoşlarimning nomidan vakil bölib keldim. Ular gapirolmaydi, hozir «svet»siz ötirişibdi. Tölovlarni vaqtida tölaşgan. Barça tölov kvitansiyalarini körsatib, mas'ullar qarzimiz borligi, tölaganimizdan keyin elektrni yoqib berişlarini aytişdi.
Avvaliga 300 ming qarzimiz borligini aytişdi, uni tölasak yana 300 ming qarzsizlar, deyişdi. Noiloj, uniyam töladik. Hozirgaça oşiqçasi bilan 700 ming söm tölab qöydik. Tölovni qilgandan söng SMS-xabar jönatinglar, «svet» yonadi deyişdi. Lekin aytgan raqamiga SMS-xabar umuman ketmayapti»,















