Qöşma Ştatlarda remdesivir preparatidan ambulator şaroitda foydalanişga töla ruxsat berildi. AQŞ Oziq-ovqat va dori-darmon boşqarmasining aytişiça, preparat koronavirusdan tuzaliş muddatini 5 kunga qisqartiradi. Dori Qöşma ştatlarda maydan buyon favqulodda vaziyatlarda işlatiliş huquqiga ega edi.

Remdesivirni 12 yoşdan katta va vazni kamida 40 kilogramm bölgan bemorlarga beriş mumkin. Dorining 5 kunligi, ya'ni bir kursi xususiy suğurtalovçilar tomonidan 3,120 dollardan, davlat yetkazib beruvçilari tomonidan 2,340 dollardan sotilmoqda.

Bu dori şu oyning boşida koronavirusdan davolangan prezident Donald Trampga ham berilgan.

“Remdesivirning tan olinişi tasodifiy tanlangan yengil va oğir holatdagi koronavirus bemorlari bilan 3ta klinik sinovdan ötkazildi. Dori özining muhim jihatlarini namoyon qila oldi. Tadqiqotlardan biri remdesivir kasallikdan tuzaliş muddatini 15 kundan 10 kunga tuşirişini körsatdi”, - deb izoh bermoqda Oziq-ovqat va dori-darmon boşqarmasi.

Avvalroq JSST remdesivir 6 oyda davomida dunyoning 30 dan ortiq davlatida tadqiq qilinganini, unga 11 mingdan ortiq bemor jalb etilganini va dori COVID-19 bemorlarini davolaşda samarasiz deb topilganini ma'lum qilgandi.