New York Times naşri yozişiça, kasalxonada yotiş, prezidentni vertolyotda kasalxonaga olib ketiş va Oq uyga qaytarib olib keliş, koronavirusni aniqlaş uçun topşirilgan testlar, unga berilgan dorilar uçun şunça pul sarflangan.

Trampni «Remdesivir» preparati bilan davolaşgan. Bu dori narxi 3120 dollar turadi, biroq suğurta kompaniyasi qilgan tölovdan keyin bu dori Trampga 2340 dollarga tuşgan. Şuningdek, uni vertolyotda taşiş xarajati 38 ming 770 dollarga, kasalxonada yotişining özi esa 61 ming 912 dollarga aylangan. Barça xarajatlar AQŞ hukumati tomonidan tölanişi belgilangan.

Tuzalib işga qaytgan Tramp Oval kabinet oldida çiqiş qilib, özini davolaşda qöllangan asosiy dori vositasi kasalxonalarga bepul tarqatilişini aytdi.

«Barçaga salom. Men Oq uydagi ajoyib Oval kabinet oldida turibman. Bir kun oldin Uolter Rid nomidagi kasalxonadan qaytdim. Bormasam bölmasdi, çunki şifokorlar «Siz prezidensiz, bormasangiz bölmaydi», deyişdi. Men esa rozi böldim. U yerda menga şifokorlar juda yaxşi qaraşdi. Nafaqat Uolter Rid kasalxonasida, balki butun mamlakatda şifokorlarimiz ajoyib işlaşmoqda. Bizning şifokorlar, hamşiralar dunyoda tengsiz. Axir biz eng zör mamlakatning ajoyib fuqarolarimiz.

Men bir neça kun avval özimni yomon his qildim va menga «Regeneron» berişdi. Bilasizmi, men tezda özimni yaxşi his qila boşladim. Töğri, boşqa dorilar ham berişdi, lekin hal qiluvçisi «Regeneron» böldi. Bizda uning bir neça yuz ming dozasi bor. Men bu doridan favqulodda holatlarda foydalaniş böyiça buyruqni tayyorlab qöydim. Uni kasalxonalarga imkon qadar bepul yetkazib beramiz. Hamma prezident kabi muolaja olişi kerak.

Biz uçun odamlar özini yaxşi his qilişidan muhimi yöq axir. Tez orada vaksina ham çiqib qolişiga umid qilaman. Uning ustida bir neça kompaniyalarimiz işlamoqda», degan Tramp Oq uydan turib yöllangan videomurojaatida.

  • AQŞ prezidenti Donald Tramp 2 oktabr kuni özi va rafiqasi Melaniyada koronavirus aniqlanganini xabar qilgandi. Şundan keyin uni Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxonaga olib ketişdi