Qömita xabariga köra, Aziz Abduhakimov boşçiligidagi işçi guruh poytaxtning Mirzo Uluğbek, Mirobod hamda Sergeli tumanlari böylab örganiş işlarini olib bordi. Veloyölakçalar, sport maydonlari, sport maktablari, yangi barpo etilayotgan köprik   atrofi, tumanda bunyod etilayotgan yangi uylar atrofidagi hududlar şular jumlasidandir. 

Işçi guruh vakillari mahalliy aholi hamda sayyohlarning veloyölakçalardan foydalanişi va xavfsiz harakatlanişi uçun yaratilayotgan şaroitlar bilan tanişib çiqdi. Joylarda bu yönalişda mavjud kamçiliklarni örganib, ularni tezkor bartaraf etişga oid çora-tadbirlarni amalga oşirişga kelişib olindi.

Aziz Abduhakimovning ma'lum qilişiça, Şahrisabz köçasidagi veloyölakça yaqin 10 kun içida ekspluatatsiyaga topşiriladi. Bu yölakçada közi ojiz kişilar xavfsiz harakatlanişi uçun alohida joy ajratilgan. 

“Bu yöllarni özimiz şaxsan harakatlanib sinab körmasak, ommaviy sport hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga doir işlar jadal ketmaydi”, - dedi boş vazir örinbosari. 

Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Davron Hidoyatov poytaxtda veloyölakçalarni bunyod etişga oid işlar haqida söz yuritib, quyidagilarni ma'lum qildi: 

“Ahmad Doniş köçasi töliq tayyor böldi, umumiy maydoni 5 kilometrni taşkil etdi. Farğona yöli köçasida veloyölakça yaratilmoqda, har bitta tomonini 7 kilometrdan hisoblasak, umumiy maydoni -14 km. Bundan taşqari, anhor böylarida ham veloyölaklar barpo etilgan bölib, ularning umumiy maydoni 10 km çiqadi. Xulosa qilib aytganda, bu yil 20 km maydon veloyölakçaga aylantiriladi, keyingi yil esa kamida 25 km maydon veloyölakçaga aylantirilişi belgilangan”.

Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, asosiy kamçiliklar ayrim joylarda zinapoyalar qurilişi va böyoq işlari oxiriga yetkazilmaganligi bilan boğliq, lekin eng asosiy muammo avtomobillar egalarining öz maşinalarini tegişli belgilari bölişiga qaramasdan veloyölakçalarga joylab qöyişidadir. 

Şu örinda, boş vazir örinbosari poytaxt aholisiga murojaat qildi:  

“Poytaxtimizdagi barça avtomobil egalaridan tegişli tartibga töliq rioya etişlarini, öz maşinalarini piyodalar yoki velosipedçilar harakatlanuvçi yölaklarda qoldirmasliklarini söraymiz!”.

Bundan taşqari, Aziz Abduhakimov mutasaddilarga joylarda avtoturargohlar va veloyölakçalarni köpaytiriş, obodonçilik işlarini kengaytiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi ma'lumotlarni köpaytiriş, maxsus ilovalar işlar çiqişga doir tegişli tavsiya va topşiriqlar berdi.