Gvineyaning amaldagi prezidenti Alfa Konde 18 oktyabrda ötgan prezident saylovlarida ğalaba qozondi. Bu Kondening 3-muddatga qayta saylanişidir.
Gvineya Mustaqil milliy saylov komissiyasining ma'lum qilişiça, 38 ta saylov uçastkasining 37 tasidan olingan byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin 82 yoşli Konde 2,4 mln ovoz, uning boş raqibi - muxolifat yetakçisi Selu Daleyn Diallo 1,25 mln ovoz töplagani ma'lum bölgan.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, Gvineyaning sobiq boş vaziri Diallo saylovlarning dastlabki natijalaridan norozi. “Biz saylovlarda sodir etilgan firiblar isbotiga egamiz va uni konstitutsiyaviy sudga taqdim etamiz”, deb aytgan Diallo.
Gvineyada 21 oktyabrda saylov komissiyasi raisi Kabine Sise saylovlarda Konde yetakçilik qilayotganini e'lon qilgandan keyin tartibsizliklar boşlanib ketgan. France-Presse axborot agentligining ma'lum qilişiça, tartibsizliklar natijasida kamida 10 kişi halok bölgan.












