Aun Haririyni Ba'bd saroyida qabul qilib, uni boş vazir etib tayinlagan hamda yangi hukumatni şakllantirişni topşirgan.
Avvalroq Haririy prezident parlament fraksiyalari bilan ötkazgan maslahatlaşuvlarda köpçilik deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlangan. Haririy nomzodini parlamentning 65 a'zosi qöllab-quvvatlagan, 53 deputat betaraflik bildirgan, 10 deputat maslahatlaşuvlarda iştirok etmagan.
50 yoşli Haririy hukumatga 2009-2011 va 2016-2019 yillarda boşçilik qilgan. U hukmron doiralardagi korrupsiyaga qarşi ötkazilgan ommaviy namoyişlar ortida 2019 yil oktyabrida iste'foga ketgan.
Haririy nomzodini boş vazir lavozimiga ilgari surişni 26 sentyabrda diplomat Mustafo Adib hukumatni şakllantirişdan boş tortgandan keyin parlament spikeri Nabih Barriy ilgari surgan.
Maslahatlaşuvlar vaqtida Haririyning boş vazir lavozimiga qaytişiga nasroniylarning ikkita asosiy fraksiyasi – Erkin vatanparvarlik harakati va “Livan kuçlari” partiyasi e'tiroz bildirgan. “Hizbulloh” şia harakati bloki Haririyni na qöllab-quvvatlagan va na uning nomzodiga qarşi çiqqan.
Ayni vaqtda Livan 4 avgustda Bayrutda yuz bergan portlaşdan keyin tang ahvolda qolmoqda.

















