AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi debatlarining yakuniy bosqiçida saylovlar böyiça raqibi Jo Bayden Rossiyadan prezident Vladimir Putin orqali 3,5 mln dollar olganini ta'kidladi. Tramp buni raqibi Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov va uning rafiqasi bilan yaxşi munosabatlarda bölgani bilan boğladi.
“Jo Rossiyadan 3,5 mln dollar olgan, bu pullar unga Putindan kelgan, çunki u Moskvaning sobiq meri, uning rafiqasi bilan yaxşi munosabatlarda bölgan. Sen 3,5 mln dollar olgansan, sening oilang 3,5 mln dollar olgan. Bir kun kelib sen buni tuşuntirişingga töğri keladi”, deb aytgan Tramp. Öz navbatida, Tramp Baydenning şu kabi ayblovlariga javoban Rossiyadan heç qaçon pul olmaganini aytgan.
Demokratik partiyadan nomzod Bayden xorijiy davlatlardan pul olganini rad etmoqda. “Men birorta davlatdan penni ham olmaganman”, deb aytgan Bayden.
Avvalroq respublikaçi senatorlar Jo Baydenning öğli Xanterning şubhali bitimlari haqida hisobot e'lon qilişgan. Unda Xanter xorijliklardan, jumladan Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov va uning rafiqasi, Rossiyaning eng boy ayoli Yelena Baturinadan millionlab dollar olgani ta'kidlangan.













