AQŞning biologik himoya tahlili va unga qarşi kuraş milliy markazi (National Biodefense Analysis & Countermeasures Center) olimlari quyoş nuri koronavirusni yöq qilişi mumkinligini, biroq barçasi uning qançalik uzoq ta'sir qilişi, geografik kenglik va kunning muayyan vaqtiga boğliqligini ma'lum qilişda. Bu haqda Hightech.plus naşri ma'lum qildi.
Avvalgi tadqiqotlar koronavirus plastik va pölatda 3 kungaça, kartonda bir kun davomida barqaror qolişini, ob-havo şaroitlari uning tarqalişiga sezilarli ta'sir qilmasligini va virusni 56 darajagaça qizdirib yarim soat davomida yoki 79 darajada 5 daqiqada yöq qiliş mumkinligini körsatgan.
Amerikalik olimlar koronavirusni örganiş davomida yangi xulosalarga kelişdi.
Olimlar tadqiqot davomida virus namunalarini tabiiy yoruğlikni beradigan çiroq ostidagi pölat plastinkalarga joylaştirişgan. Natijalar 40 daraja şimoliy kenglikdagi tuş paytini eslatuvçi şaroitda sölakdagi 90 foiz virus 6,8 daqiqada, u uçun qulay muhitda esa 14,3 daqiqada faolligini yöqotişini körsatgan.
Ta'kidlab ötiş joiz, 40-parallelda Örta Osiyo davlatlari, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon, Xitoy, Yaponiya va AQŞning janubiy ştatlari joylaşgan.
Yoruğlik kamroq bölganda ham virus yöq böladi, biroq sekinroq. Quyoş nuri ta'sir qilmaganda virusning faolligi kamaymagan.

















