Armaniston va Ozarboyjon taşqi işlar vazirlari Zoxrab Mnatsakanyan va Jayxun Bayramov Toğli Qoraboğda gumanitar yaraşuv haqida kelişib oldi. U 26 oktabr soat 8dan amal qila boşlaydi. Bu haqda AQŞ, Armaniston va Ozarboyjonning qöşma bayonotida ma'lum qilingan.

Kelişuvga Mnatsakanyan va Bayramovning AQŞ davlat kotibi birinçi örinbosari Stiven Bigen bilan uçraşuvida erişilgan.

AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ta'kidlaşiça, ixtilof tomonlari yaraşuvga amal qilişga tayyorliklarini bildirişgan.

Bu Qoraboğ ixtilofi tomonlarining yaraşuvga uçinçi urinişidir. Avvalgi ikkita kelişuv öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirişidan bir soat ham ötmay buzilgan.

Bu orada YeXHTning Minsk guruhi hamraislari (AQŞ, Rossiya, Fransiya) hamda Armaniston va Ozarboyjon taşqi işlar vazirlari 29 oktyabrda Jyenevada Toğli Qoraboğ masalasi böyiça uçraşuv ötkazişga kelişib olgan. Unda Toğli Qoraboğdagi vaziyatni tartibga soliş uçun zarur çoralar muhokamasi va ular böyiça kelişuvlarga erişiş közda tutilgan.

Barça çoralarni Armaniston va Ozarboyjon rahbariyati qabul qilgan tamoyillarga mos holda qabul qiliş rejalaştirilmoqda.