Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bişkekdagi 1-tergov izolyatoridagi şaroitlarga nisbatan norozilik sifatida oçlik e'lon qildi. Bu haqda sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev xabar berdi.

"Atamboyev davlat milliy xavfsizlik qömitasi tergov izolyatoridan Bişkekdagi 1-tergov izolyatoriga ötkazildi. U oçlik e'lon qildi. Atamboyev hozir ilgari ölim jazosiga hukm qilinganlar joylaştirilgan yertölada yotibdi. U yerda oddiy şaroitlar ham yöq", - dedi u.

Eslatib ötamiz, Qirğizistonda ötkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bölgan qirğizistonliklar namoyişga çiqişgandi. Ular Atamboyev saqlanayotgan Qirğiziston milliy xavfsizlik qömitasi binosining darvozasini sindirib, içkariga kirişgan va uni ozodlikka çiqarişgandi. 

Almazbek Atamboyev 10 oktabr kuni Bişkekda ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş böyiça jinoyat işi doirasida qölga olindi.

Ma'lumot uçun, 2019 yil avgustda qölga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qöyilgan asosiy ayblov sifatida jinoyatçi Aziz Batukayevni ozodlikka çiqariş keltirilgandi. 2013 yilda 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka çiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgaç, bu iş borasida tekşiruv boşlandi. Atamboyev aybini tan olmagaç, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qölga olişgandi.