26 oktabr kuni Belarusda umummilliy zabastovka boşlandi. Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya hukumat «xalq ultimatumi»ni bajarmagaç, umummilliy iş taşlaşlar haqida e'lon qilgandi. Zabastovkaga qator davlat korxonalari xodimlari, masalan, «Grodno Azot», Minsk traktor zavodi, Minsk elektrotexnika zavodi, Minsk ğildirak işlab çiqariş zavodi va «Belorusneft» işçilari ham qöşilişgan. Işçilar öz korxonalari hududida yuriş qilib ötişgan, ayrimlar korxona hududiga kiriş qismida öz noroziliklarini ifoda etişgan, xodimlarning bir qismi işga çiqmagan. Davlat korxonalari hududiga omonçilarning maşinalari keltirilgan. Köplab kompaniyalar faoliyatini davom ettirayotgani töğrisida rasmiy xabar bergan.

Zabastovkaga köplab xususiy kompaniyalar işçilari ham qöşilgan. Meduza xabariga köra, bu kompaniyalarning ayrimlarida 26 oktabr dam oliş kuni deb e'lon qilingan, boşqalari muddatsiz ta'tilga çiqqan yoki texnik sabablarga köra yopilgan. Bunday kompaniyalar qatoriga tibbiy markazlar, dökonlar, barlar, kafe, til örganiş kurslari, maşğulot zallari, turfirmalar, gözallik salonlari va boşqa turli xizmat körsatiş markazlarini kiritiş mumkin. Şuningdek, MTS işçilari ham zabastovkaga qöşilgan va norozilik aksiyalarida qatnaşiş uçun köçaga çiqişgan (tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, şundan keyin ular işdan böşaş xavfida qolişgan).
Belarusdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari bir neça norozilik aksiyalaridan keyin qölga olina boşlagan. BNTU (Belarus milliy texnika universiteti) va BGUIR (Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti) talabalari Minskdagi Mustaqillik maydoni prospekti böylab marş qilib ötişdi. «Yevroradio» xabariga köra, Ğalaba maydoni yaqinida namoyişçilarning bir qismi OMON xodimlari tomonidan qölga olingan. Omonçilarning avtobuslari yaqinlaşayotgan vaqtda talabalarning köpçiligi qoçib ketişgan.

MGLU (Minsk davlat lingvistika universiteti) talabalari ham Mustaqillik maydonidagi namoyişlarga kelişgan. Tut.by xabariga köra, talabalar bu bilan öz öqituvçilarini qöllab-quvvatlaşgan. Onliner tarqatgan videoda talabalar yöllardan birini tösib qöyganini köriş mumkin. Universitet binosiga maxsus texnika yaqinlaşgan vaqtda talabalar universitet içiga kirib ketişgan, kuç işlatar tuzilmalar vakillari ketgaç ular yana köçaga qaytib çiqişgan.


















