Turkiya AQŞ tomonidan sanksiyalar kiritilişi tahdidiga qaramay, Rossiyadan sotib olgan S-400 zenit-raketa majmualarini ortga qaytarmoqçi emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytib ötdi.
“Siz kim bilan öçakişayotganingizni bilmayapsiz. Biz F-35 samolyotlarini (AQŞ qiruvçi samolyotlari) sotib oliş böyiça qadamlar amalga oşirdik, pullarni töladik, siz esa ularni yetkazib bermadingiz va S-400’ni Rossiyaga qaytarişimizni talab qilmoqdasiz. Biroq biz qabila davlati emasmiz, biz Turkiyamiz”, – deb aytgan Erdöğan.
Uning ta'kidlaşiça, Turkiya S-400 sotib olgani va Toğli Qoraboğ ixtilofida Ozarboyjonni qöllab-quvvatlayotgani uçun AQŞning sanksiyalar kiritişidan qörqmaydi.
Erdöğanning aytişiça, Anqaraga ötkazilayotgan bosim Turkiyaning dunyodagi ta'siri oşayotgani natijasi hisoblanadi. Uning ta'kidlaşiça, Turkiya jahon maydonida vaziyatni izdan çiqarmoqçi bölayotgan kuçlarning rejasini buzayotganini “keçira olmayaptilar”.
“Anqara davlatimizni bosim va hamlalar uçun obektga aylantirayotgan davlatlardan niqobni olib taşlamoqda. Qöllaridan kelganini qilsinlar. Turkiya töxtamaydi!” deb ta'kidlab ötgan Erdöğan.
24 oktyabrda Turkiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Nadida Şabnam Oktöp S-400 majmualari jangovar navbatçilikka qöyilişini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, Anqara S-400’ni sotib olişi bilan NATO oldidagi majburiyatlarini buzgan, deb hisoblamaydi.
16 oktyabrda Turkiya Sinop şahri yaqinida S-400 majmuasini ilk bor sinovdan ötkazdi. Majmuadan uçta raketa otilgan va ularning barçasi belgilangan nişonlarni yöq qila olgan.
Turkiya Rossiyadan S-400’ning 4 ta divizionini sotib olgan. 2019 yil oktyabrida “Rosoboroneksport” şartnomani muddatdan oldin bajarganini va Turkiyaga S-400’ning barça elementlari, jumladan, raketalarni yetkazib berganini ma'lum qilgan.

















