Belaruslik muxolifatçi Svetlana Tixanovskaya 26 oktyabrdan Belarusda umummilliy iş taşlaş boşlanişini e'lon qildi. Uning aytişiça, hokimiyat “Xalq ultimatumi kuni”da odamlarning talabini bajarmadi.

“26 oktyabrda umummilliy iş taşlaş boşlanadi. Belaruslar ularning sözlari qonun ekanligi uçun buni amalga oşirişadi. Bunda bizga boş tinç qurolimiz – birdamligimiz yordam beradi”, – deb aytilgan Tixanovskayaning bayonotida. 

Tixanovskaya iş taşlaşlarni quyidagi şior ostida ötkazişni taklif qilgan: “Men nafaqat öz işimni töxtataman, men qonunsizlik va adolatsizlikni töxtataman”.

Tixanovskaya nafaqat işga çiqmaslikka, balki yöllarni tösişga, davlat dökonlarida xaridlar amalga oşirmaslikka, davlat xizmatlari va servislaridan foydalanmaslikka çaqirgan.

Muxolifatçi 25 oktyabrda Belarusda ötgan norozilik namoyişlarida şovqin granatalari qöllanganini ta'kidlab ötgan. Uning fikriça, bu “tuzum haqiqatni gapirişga, öz sözlariga javob berişga va odamlar talabini bajarişga tayyor emas”ligidan darak beradi. “Demak, bu tuzum belarus xalqiga munosib emas. Demak, bu tuzum hokimiyatni yöqotadi”, – deb qöşimça qilingan bayonotda.

Avvalroq Tixanovskaya Belarusning amaldagi rahbariyatiga bir neçta talab qöygandi. Ularga köra, prezident Aleksandr Lukaşenko iste'foga ketişi, barça siyosiy mahkumlar ozod qilinişi va kuç tuzilmalari zöravonliklari töxtatilişi kerak.

Uşbu talablarni bajarişga 25 oktyabrgaça muhlat berilgan. Tixanovskaya ta'kidlaganidek, agar bu yuz bermasa, 26 oktyabrdan ommaviy iş taşlaşlar va yöllarning tösilişi boşlanadi.  

Belarus poytaxti Minsk va boşqa şaharlarda 25 oktyabrda mamlakatda ötgan prezident saylovlari natijalariga norozi bölganlarning “Xalq ultimatumi kuni” bölib ötdi. “Nexta Live” Telegram-kanali hisob-kitobiga köra, köçalarga 100 mingdan köproq kişi norozilik bildirgani çiqqan. Kuç tuzilmalari ularga qarşi maxsus vositalar qöllagan, 100dan köproq kişi uşlangan.