Microsoft kompaniyasining ikkita ekranli qurilmalarga möljallangan operatsion tizimi 2021 yil bahorda çiqadi. Bu haqda jurnalist va insayder Zak Bouden öz Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Boudenning yozişiça, Windows 10X operatsion tizimining yakuniy beta-versiyasi 2020 yil oxirigaça paydo böladi. Uning aniqlik kiritişiça, tizimning tölaqonli taqdimoti 2021 yil bahorda bölib ötadi.
Softpedia naşri jurnalistlari esa Microsoft kompaniyasi Windows 10X’ni bir ekranli qurilmalar uçun çiqarişni ustuvor vazifa deb belgilagani töğrisida eslatişmoqda. Ularning ma'lumotiga köra, bir neçta ekranli kompyuterlar uçun möljallangan operatsion tizim 2022 yilgaça çiqarilmaydi.
Yozda kompaniyaning ikkita displeyli qurilmalarga möljallangan operatsion tizimi ustidagi işlar töxtab qolgani ma'lum bölgandi. Bunga tizimdagi nuqsonlar va koronavirus pandemiyasi sabab bölgan.

















