Tashkilotda xabar berilishicha, pandemiya sababli safarlarga kiritilgan cheklovlar jahon turizmiga kuchli ta'sir ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning ilk 8 oyida xalqaro safarlar miqdori 70 foizga kamayib ketdi. Bu esa 730 mlrd dollar yo‘qotilishiga olib kelgan. Ta'kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich 2009 yilda jahon moliyaviy inqirozi vaqtida ko‘rilgan zarardan 8 marotaba ko‘proqni tashkil qiladi.
2019 yilda boshqa davlatlarga sayohat qilgan turistlar soni 1,5 mlrd kishini tashkil qilgan.












