«Hujayra zararlanganda virus uni yorib, taşqariga çiqadi. Bu holatda virusga antitanalar hujum qilib, uni bartaraf etadi. Biroq sinsitiya hosil qila oluvçi viruslar mavjud. Ya'ni bu viruslar hujayrani yormay, unda boşqa hujayralarga ötiş uçun yon tomondan yöllar hosil qiladi. Agar virus şunday yöl tutsa, antitanalar uni umuman körmaydi», deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.

Baranovaning aytişiça, antitanalardan bunday qoça oliş kuçliroq infeksion jarayonga olib keladi va bu kasallik rivojlanişi tezligini oşiradi.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, sinsitiya faqat «hindça» ştamm uçun xos emas. Bunday xususiyatga ega respirator-sinsitial virus mavjud bölib, u öpkani zararlaydi. Bu infeksiya çaqaloqlar uçun juda xavfli hisoblanadi.