Bunday kutilmagan xulosaga bir paytning özida amerikalik ikki olimning tadqiqotlaridan söng kelindi. Birinçisi Sent-Luisdagi Vaşington universiteti (Missuri ştati) immunologining tadqiqoti bölib, şu hafta Nature jurnalida çop etildi. Ikkinçisi Nyu-Yorkdagi Rokfeller universiteti molekulyar biologiya laboratoriyasi jamoasi tomonidan yozilgan. Bu maqola hali ilmiy hamjamiyat tomonidan tekşiruvdan ötmadi va hozirça preprint şaklida naşr qilindi.

Oxirgi damlargaça koronavirus infeksiyasiga qarşi immunitet köpga çözilmaydi deb hisoblab kelindi. Bunday xulosaga olimlar köplab tekşiruvlar ötkazib kelişgan edi. Tekşiruvlar aksar patsiyentlardagi qondagi spetsifik antitanaçalar konsentratsiyasi tuzalgandan bir neça oy ötib birdaniga tuşib ketişini körsatgan edi.

Köplab mutaxassislar samarali immun himoyasi taxminan 1,5-2 yil davom etadi deb baholaşgan edi. Binobarin yangi tekşiruvlarning natijalari ular uçun yoqimli yangilik böldi.

Umuman olganda, BBC’ga javob bergan mustaqil ekspertlar yangilikka hissiyotsiz yondaşişni va erta quvonmaslikni maslahat berişmoqda. Alaloqibat, ilmiy adabiyotda koronavirus bilan takroriy kasallaniş böyiça bir neça holatlar qayd etilgan. Bir umrlik immunitet esa – haqiqatga yaqin bölsa-da – hozirça nazariya bölib qolmoqda.

Duşman yuzini eslab qoliş

Spetsifik immunitetni (ya'ni, aniq bir kasallikdan himoya qiluvçi) tanamizda nafaqat qondagi antitanaçalar balki T-xotira hujayralari ham ta'minlaydi.

Yangi, noma'lum infeksiyani uçratgaç va unga mos kalitni tanlab olgaç, limfotsitlar zararkunandani eslab qoladi va takroriy şikastlanişda kerakli şaklda neytrallaştiruvçi antitanaçalarni işlab çiqara boşlaydi hamda tezkor va samarali immun javobini beradi.

Sent-Luisdagi Vaşington universiteti Tibbiyot maktabi olimlari koronavirusning yengil şaklini boşdan keçirgan 77 bemorning (ularning 6 nafarigina kasalxonaga yotgan) qoni holati va özgarişlarini qariyb bir yil davomida kuzatib borişgan.

Şu muddatning qariyb barça davrida bemorga kasallik bilan kuraşişda madad bergan himoya antitanaçalar konsentratsiyasi pasaya boşlagan: avvaliga juda tez (örtaça tuzalgandan söng tört oylar ötib), keyin esa sekinroq.

Biroq tadqiqotning asosiy muallifi, immunologiya böyiça professor Ali Allabodiyning aytişiça, antitanaçalar darajasi qayergadir kelganda pasayişdan töxtagan va tekislikka çiqqan. Koronavirus haqidagi axborotni saqlovçi xotira hujayralari faollikni saqlab qolgan va bemorga zarur bölgan qandaydir minimal darajadagi himoya molekulalarini qöllaşda davom etgan.