Koronavirusning Janubiy Afrika ştammi ta'sirida hosil bölgan antitanalar boşqa ştammlarga qarşi paydo bölgan antitanalarga nisbatan kengroq himoyaga ega ekani aniqlandi.

Uşbu ştammlar koronavirusning boşqa ştammlari bilan kasallanişning oldini olişi mumkin. Bunday xulosaga Janubiy Afrika Respublikasi olimlari kelişdi.

Ta'kidlanişiça, laboratoriya tadqiqotlari natijalari virusning 501Y.V2, ya'ni Janubiy Afrika variantiga qarşi vaksinalar virusning boşqa köplab variantlaridan himoyalay olişi mumkinligiga umid bermoqda. 

“Biz 501Y.V2’dan zararlangan odamlar qon plazmasini birinçi tölqindagi ştammga qarşi qöllab, u koronavirusning boşqa variantlarini bartaraf eta olişini aniqladik”, deb aytgan Afrika ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Aleks Sigal.   

Bunga virusning uşbu ştammiga nisbatan organizm tomonidan kuçli va barqaror immun javob işlab çiqilişi sabab hisoblanadi. Uşbu immun javob uzoq vaqt davomida faol bölib qoladi.

Sigalning ta'kidlaşiça, 501Y.V2’ni hisobga olib işlab çiqilgan vaksinalar virusning boşqa ştammlaridan ham himoyalaşi mumkin.