Berliner Morgenpost naşrining xabar berişiça, Germaniya kansleri Angela Merkel 16 ta federal yer rahbarlari bilan videoanjuman ötkazib, unda noyabr oxirigaça amal qiladigan yangi karantin çeklovlari rejasini muhokama qilgan.

Rejaga köra, Germaniyada teatrlar, konsert zallari, kinoteatrlar, attraksionlar va köngiloçar boğlar, fitnes-studiyalar, sport inşootlari, basseynlar, bar, restoran va pablar, gözallik salonlari, massaj xonalari yopiladi.

Maktablar va bolalar boğçalari oçiq qoladi, biroq ulardan gigiyenaning yangi bayonnomalarini kiritiş talab etiladi.

Şuningdek, ijtimoiy aloqalarni çeklaş rejalaştirilmoqda. Jumladan, jamoat joylarida eng köpi bilan ikkita oilaning vakillari 10 kişidan oşmagan holda uçraşişi mumkin. Futbol uçraşuvlari esa tomoşabinlarsiz ötadi.  

2 haftadan söng, taxminan 11 noyabrda Merkel erişilgan natijalarni muhokama qiliş va tuzatmalar kiritiş uçun yana bir onlayn-uçraşuv ötkazadi.

Germaniyada sönggi sutkada 14,9 mingta yangi kasallaniş holati qayd etildi. Oxirgi kunlarda mamlakatda kunlik kasallaniş holatlari soni 10 mingtadan oşmoqda. 

Ta'kidlanişiça, bu Fransiya va Belgiyadagi körsatkiçlardan pastroq, biroq gap kasallaniş holatlarining tobora köpayişi haqida bormoqda va hafta oxiriga Germaniyada kunlik kasallaniş holatlari soni 20 mingtani taşkil qilişi mumkin.