Kompaniya bunday ijobiy natijalarga asosan pandemiya sababli kiritilgan karantin çeklovlari evaziga erişgan. Karantin sababli odamlar köproq uydan işlaşga va masofadan öqişga ötişgan hamda köproq vaqt kompyuter öyinlari öynay boşlaşgan.     

Çeklovlar kompaniyaning bulutli xizmatlariga köproq samarali bölgan. Kompaniyaning Azure bulutli platformasi tuşumi 2019 moliyaviy yil 1-çoragiga nisbatan 48 foizga, butun bulutli xizmatlar bölinmalari tuşumi esa 20 foizga oşgan. Ofis xodimlarining masofadan işlaşga ötkazilişi esa Office 365 dasturi savdosining 21 foizga köpayişiga olib kelgan.

Surface noutbuk va leptoplari savdosi hajmi 37 foizga ösgan. Şuningdek, karantin tufayli kompaniya işlab çiqaruvçi Xbox öyin pristavkasi foydalanuvçilarida öyinlar uçun köproq vaqt paydo bölgan, bu esa kompaniyaning uşbu yönalişdagi tuşumining 30 foizga ösişiga olib kelgan.