Köpçilikka nohaq qamalgan turkolog olim sifatida taniş bölgan, bir yil avval ozodlikka çiqqan Andrey Kubatin 29 oktyabrda koronavirusdan vafot etdi. Uşbu ma'lumotni marhumning yaqinlari Kun.uz'ga tasdiqladi.
Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon Özbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2019 yil 26 sentabr kuni Toşkent viloyati sudida Kubatinning işi qayta körib çiqilgan va olim töliq oqlanib, sud zalidan ozod etilgandi. Toşkent davlat şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan yoş olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi («Davlatga xoinlik qiliş») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib hibsga olingandi. Öşa yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.
Kubatin va uning turmuş örtoği, olima Feruza Jumaniyozova Kun.uz'ga intervyu berib, qiziqarli suhbat davomida hayotlarining ommaga ma'lum bölmagan qirralari, ilm va olim tiynati, tarixçi olimni qiynagan muammolar, şuningdek, ilmiy faoliyatlari haqida sözlab berişgan.














