Yiğilişda ta'lim sifati pastligi, moddiy-texnika bazasi yetarli bölmagani sababli ayrim maktablar töliq quvvatda işlamayotgani, masalan, Toşkent şahridagi 32ta maktabda öquvçilarni qamrab oliş darajasi pastligi ta'kidlab ötilgan.

Özbekistonda xususiy ta'lim muassasalariga keng şaroit yaratilayotgani bois kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda işlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga işonçli boşqaruvga beriş taklifi bildirildi.

Maktablarda zamonaviy boşqaruvni joriy qiliş masalalariga ham töxtalib ötildi. Endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlaş bevosita mahalliy kengaşlar bilan kelişilgan holda, tanlov asosida amalga oşiriladi. Har bir nomzod maktabning körsatkiçlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib çiqiş böyiça öz dasturi bilan tanlovda iştirok etadi va har yili kengaşlar oldida hisobot beradi.

Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini taşkil etiş, direktorlar işiga noqonuniy aralaşuvlar va kadrlar qönimsizligiga barham beriş ekani qayd etilgan.

«Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma'naviyat maskani hamdir. Davlatimiz rahbari bu işlarga hududlarda yaşab, ijod qilayotgan şoir va yozuvçilarni keng jalb qiliş, maktablarning direktor jamğarmasidan va mahalliy budjet mablağlaridan  ularga oylik maoş tölaş lozimligini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Oliy ta'lim sohasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va qamrovni oşiriş, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti taşkil qiliş muhimligi qayd etildi.

«Bugun körib çiqilgan masalalar hammadan, maktab direktoridan boşlab boş vazirgaça bölgan barça böğindagi rahbarlardan yuksak mas'uliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu – yillar davomida körinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan özgartirişga asos böladigan qudratli manba», degan prezident.

Parlament vakillari, şuningdek, joylardagi mahalliy kengaş deputatlaridan ta'lim tizimidagi özgarişlarni xalqimizga yetkazib, daxldorlik hissini oşiriş, farmon qabul qilingaç, ijrosini nazoratga oliş, öz tajribalari bilan amaliy yordam beriş söraldi.