“Mening bayonotlarim Vaşingtondagi siyosatçilarning nutqlariga öxşamaydi, çunki men siyosatçi emasman. Men har doim ham Vaşingtondagi siyosiy doiralar qoidalari böyiça öynamayman, çunki men özimgaça bölgan har kimdan köra siz [saylovçilar] uçun kuçliroq kuraşişga saylanganman”, – deb yozgan Tramp.
Avvalroq Tramp saylovoldi kampaniyasining oxirgi ikki kunida bir neçta ştatda 11 ta miting ötkazmoqçiligi ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, AQŞ prezidenti maslahatçilari unga saylovoldi kampaniyasining oxirgi kunlari zör berib harakat qilsa, reytingini 0,5-1 foizga oşirib olişi mumkinligini maslahat qilişgan. Tramp vaqtining katta qismini Pensilvaniya, Florida va Şimoliy Karolinada ötkazişi kutilmoqda.












