AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya fuqaroligini olmoqçi ekanligini ma'lum qildi.

«Köp yillar davomida ota-onalarimizdan alohida yaşaganimizdan söng ayolim bilan öğlimizdan ham ajralişni xohlamadik. Mana şuning uçun, pandemiya va çegaralarning yopilişi fonida Rossiya-AQŞ ikki davlat fuqaroligini oliş uçun ariza topşirmoqçimiz», – deb yozadi Snouden özining tvitter sahifasida.

Şuningdek, u xotini bilan baribir «amerikalik bölib qolişi»ni va öğillarini ham özlari yoqtirgan Amerikaning barça qadriyatlari asosida – xususan, fikrini erkin ifoda etiş erkinligi kabi – tarbiyalaşini aytgan. 

«Va men butun oilamiz qayta töplanişi uçun Qöşma ştatlarga qaytadigan kunimni sabrsizlik bilan kutaman», – deb qöşimça qilgan sobiq agent.