RF Tergov qömitasi Moskva bölimi Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarga nisbatan harbiy xizmatdan böyin tovlaş böyiça 22 ta jinoyat işi qözğatdi. Idoraning telegram-kanalida berilgan xabarga köra, 80 dan ortiq kişi Rossiya qurolli kuçlari safiga harbiy xizmatga jönatilgan.
Tergov qömitasida qayd etişlariça, Moskvadagi harbiy komissariatlar bilan birgalikda «harbiy xizmatdan böyin tovlayotgan şaxslarni aniqlaş maqsadida» çaqiriluvçilarning şaxsiy hujjatlari örganilmoqda. Idora ma’lumotlariga köra, mazkur iş doirasida «böyin tovlovçilarning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olişi qonuniyligi tekşiriladi».
Qömita qonunçilikka köra, agar şaxs «harbiy va muqobil davlat xizmatidan böyin tovlagan bölsa» RF fuqaroligi tugatilişi haqida ogohlantirgan.
Avvalroq Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin migrantlar Ukrainadagi uruşda iştirok etişdan boş torsa, ularni Rossiya fuqaroligidan mahrum etişga çaqirgandi.













