Rossiyalik milliarder, «Areti» energetika kompaniyasi asosçisi va rahbari Igor Makarov 2023 yilda Rossiya pasportidan voz keçdi. Amerikaning Forbes veb-saytidagi profilidan ma’lum bölişiça, endi u faqat Kipr fuqarosi.
Dunyoning eng boy odamlari reytingida 2,2 milliard dollar boyligi bilan Makarov 1368-örinni egallaydi, şuningdek u Kiprning beşinçi eng badavlat fuqarosi hisoblanadi. Milliarderning özi Rossiya fuqaroligidan voz keçişiga izoh bermadi.
Makarov 2008-2012 yillarda sarmoya evaziga Kipr pasportini olgan. Sönggi yillarda tadbirkor Kipr, Amerikaning Florida ştati va Şimoliy Italiyada yaşab kelgan. Şunga qaramay, 2022 yilda Ukrainada jangovar harakatlar boşlanganidan keyin Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya unga qarşi sanksiyalar joriy qilgan.
Avvalroq Forbes röyxatining beş nafar sobiq yoki amaldagi a’zosi Rossiya fuqaroligidan voz keçgan edi. Jumladan, Freedom Finance investitsiya kompaniyasi asosçisi Timur Turlov (hozirda Qozoğiston fuqarosi), «Troyka Dialog» investitsiya kompaniyasi asosçisi va sobiq egasi Ruben Vardanyan (hozir Armaniston fuqarosi), investor Yuriy Milner (hozir Isroil fuqarosi), fintex-startap Revolut asosçisi Nikolay Storonskiy (hozir Buyuk Britaniya fuqarosi), «Tinkoff Bank» asosçisi Oleg Tinkov (hozir Kipr fuqarosi).












