«Birinchi reys 2020 yilning 4 noyabrida amalga oshiriladi. I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishning taxminiy vaqti – 15:00», - deyiladi Turizm qo‘mitasi xabarida.
Air Arabia saytida xabar qilinishicha, keyinchalik reyslar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi - 200 AQSh dollaridan 246 AQSh dollarigacha.
Aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini ma'lum qildi.
Air Arabia Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek Marokashdagi to‘rtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va MDHga yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanuvchi, bosh qarorgohi Sharjada joylashgan aviakompaniyadir.















