Garçi demokratik partiya vakili yaqin vaqtgaça Trampni katta ustunlik bilan ortda qoldirib kelgan bölsa ham, sönggi pallalarga kelib oradagi farq kamaydi. Şunday bölsa ham bugun köpçilik Jo Bayden ğalaba qozonadi deb işonmoqda. Şu bilan birga, hatto Demokratik partiyani qöllaydigan naşrlar ham Trampda ğalaba qozoniş uçun imkoniyat borligini yozmoqda.

AQŞning 50ta ştati prezidentlik saylovida uçga bölinadi. Bir qismi demokratik partiyani qöllasa, yana bir qismi respublikaçilar partiyasi vakili taraf böladi. Uçinçi qism esa har ikki partiyaga ham xayrixoh bölmasdan, kim saylovoldi poygasida yaxşiroq qatnaşsa va real va'dalar bersa, öşani qöllaydi. Aksariyat hollarda AQŞda kim prezident bölişi ana şu betaraf ştatlarning ovoziga boğliq böladi.

Saylovlar boşlangunga qadar nomzodlarning har biri özini qöllaydigan ştatlarni aniq biladi. Masalan, Kaliforniya har doim demokratik partiya vakillarini qöllab kelgan va bu ştatda Baydenning ğalaba qozonişi kunday ravşan. Alabama esa har doim respublikaçilar partiyasiga ovoz bergan. Şu sababli bu ştatda Tramp ğalaba qozonişiga heç kim şubha bildirmaydi.

Agar demokratlar va respublikaçilar partiyasining nomzodlarini qöllaydiganlarning aniq hisob-kitobi qilinsa va betaraf ştatlar çiqarib taşlansa, u holda saylovlarda Bayden 183:113 hisobi bilan ğalaba qozonadi.

Keyin ikki nomzoddan biri favorit bölişi mumkin bölgan ştatlar bor. Bunday ştatlarda kutilmagan natijalar ham röy berişi mumkin. Ammo buning ehtimoli juda past.

Jo Bayden bunday ştatlardan Nyu-Mexiko (13 foiz), Men va Virjiniya (12 foiz), Kolorado (11 foiz), Nyu-Hempşir (10 foizdan) da ustunlikka ega. Bu unga yana 33 delegat ovozini beradi. Tramp esa Alyaska, Janubiy Karolinada (har birida 9 foizdan) va Montanada (8 foiz) favorit bölib körindi. Bu unga yana 15ta ovoz taqdim etadi.

Ğolib yoki favorit aniq bölgan ştatlar hisoblangandan söng, taxminiy hisob Bayden foydasiga 216-128 böladi. Bu bir qaraşda, Tramp uçun umidsiz vaziyatga öxşab körinadi. Biroq bu biroz çalğituvçi holat hisoblanadi. Bunga sabab şuki, bir qança ştatlarda qoğozda kuraş qizğin ketayotganga öxşasa ham, aslida ularda respublikaçi nomzodning ğalaba qozoniş ehtimoli yuqori.

Uşbu ştatlarning eng yirigi Texas bölib, u AQŞdagi saylovçilar soni böyiça ikkinçi örinda turadi (38 ovoz). Sörovlarga köra, Tramp uşbu ştatda 4 foiz bilan yetakçilik qilmoqda, ammo dastlabki ovoz beriş çalğituvçi bölişi ham mumkin. U yerda rekord körsatkiç qayd etildi, muddatidan oldin ovoz berganlarning 53 foizi respublikaçilarga ovoz bergan, 36 foizi demokratlarga. Bunday holatda Tramp Texasda ğalaba qozonişi va vaziyatni önglaşi mumkin.