Surxon vohasidan qayta turib, Dehqonobod tumanidan ötar ekanmiz tahririyatga köpdan buyon bir kiçik muammoda murojaat yöllab kelayotgan fuqaro bilan uçraşişga qaror qildik. Muammo şundaki, Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bölimi fuqaroni tabiiy gazdan foydalaniş bilan boğliq masalada noqonuniy jarimaga tortgan.

Jarima noqonuniy qöllanilgani sudda isbotlanganiga qaramay, nafaqadagi Beknazar Jörayevdan undirilgan 1 mln 115 ming söm mablağni qaytariş 5 oydan buyon paysalga solib kelinmoqda.

«Şu yilning 18 fevralida MIB xodimlari kelib, dalolatnoma tuzib ketişgan. Dalolatnomaga ham bor narsani emas, özlari istagan narsani yozişgan. «Gaz tarmoğiga notöğri ulanib olgan, gaz hisoblagiç işlamaydi» kabi köplab notöğri faktlar bilan akt tuzilgan. Şu akt asosida mendan jarimani uşlab qoliş böyiça qaror çiqargan va uni ijtimoiy ta'minot bölimi (budjetdan taşqari pensiya jamğarmasining tuman bölimi – tahr.)ga taqdim qilişgan. 1 mln 115 ming söm noqonuniy jarima aprel va may oylaridagi pensiyamdan uşlab qolindi», – deydi Beknazar Jörayev.

Bizga taqdim etilgan hujjatlarni örgandik.

Dastavval tuman MIBning 21 fevral kungi qaroriga va jarima solinişiga sabab bölgan dalolatnoma xususida. Unda na guvohlar, na iste'molçi imzosini topa olasiz. Qolaversa, dalolatnoma Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga zid tuzilgani Dehqonobod tuman ma'muriy sudining 13 iyuldagi qarorida ham e'tirof etilgan.

Qoidaga muvofiq, dalolatnoma tuzişda iste'molçi va guvohlardan taşqari, gaz ta'minoti taşkiloti vakillari ham iştirok etişi şart.

Bundan taşqari, ayni dalolatnomada Jörayev xonadoniga örnatilgan gaz hisoblagiçning körsatkiçi qaçon töxtab qolgani va yaroqsiz holatga kelgani, bunga nima sabab bölganiga oydinlik kiritilmagan, deyiladi sud qarorida.