Xalqaro moliya korporatsiyasi TBC Uzbekistan’ga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
Jahon banki guruhiga mansub Xalqaro moliya korporatsiyasi Gruziyaning O‘zbekistondagi «TBC Uzbekistan» bankiga 10 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu rejadagi mablag‘ summasi va qarorlar o‘zgarishi yana mumkin.

Foto: Reuters
2020 yil yanvarda O‘zbekiston hududida bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli ruxsatnoma olgan «TBC Uzbekistan» bank aksiyalarining 1/5 qismi Xalqaro moliya korporatsiyasiga o‘tkazilishi mumkin. Buning evaziga XMK Gruziyaning O‘zbekistondagi innovatsion bankiga 10 million dollar sarmoya kiritishi kutilmoqda. Ayni paytda XMK bankning 2,8 foiz aksiyaga egalik qiladi.
Gruziyaning TBC Bank’i 2019 yil aprelda O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat yurituvchi «Inspired» MChJning 51 foiz aksiyalarini 5,5 mln dollarga sotib olib, O‘zbekiston moliya bozoriga kirib kelgandi.
Oradan bir yil o‘tib, «TBC Bank Group PLC» kompaniyasi Toshkent shahrida «TBC Bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani qo‘lga kiritdi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston bank tizimida 31ta tijorat banki faoliyat olib bormoqda. Shulardan 13ta bank davlat ulushi mavjud banklar bo‘lsa, 16ta bank xususiy banklar yoki chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. 2019 yil iyul oyidan boshlab Qozog‘iston «Halyk bank»ning sho‘'ba banki sifatida «Tenge bank» o‘z faoliyatini boshladi. Gruziyaning «TBC» banki joriy yil aprel oyidan bank faoliyatini amalga oshirishni boshladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi
O‘zbekiston | 16:21
-
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi
Jahon | 16:11
-
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Jahon | 14:55
-
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston | 14:51
Mavzuga oid

16:00 / 20.03.2025
TBC Bank O‘zbekistonda ilk marotaba havoni tozalaydigan innovatsion devoriy tasvirni taqdim etdi

16:56 / 25.09.2023
Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

10:52 / 06.03.2023
Yaratilgan yangi ekotizim va soddalashtirilgan shartnomalar - hammasi TBC Bank haqida

17:00 / 09.08.2022