Qömita xabariga köra, köp yillar davomida mamlakatda ayrim xöjalik yurituvçi sub'yektlarga eksklyuziv huquqlar beriş orqali sun'iy monopoliya yaratilganligi iqtisodiyotda soğlom raqobat muhiti şakllanişiga salbiy ta'sir körsatib kelmoqda. Bu şaroitda mazkur tizim orqali budjet mablağlari asossiz sarflanişiga yöl qöyilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasining 4-bandi uçinçi xatboşisida umumta'lim maktablariga mebel va maxsus örnatiş talab etilmaydigan jihozlarni yetkazib beriş va örnatiş işlari hamda jihozlarni ta'mirlaş işlari “Öquv ta'lim-ta'minot” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oşirilişi körsatilgan.
“Vaholanki, mazkur vazifalar davlat xaridlarida ğolib bölgan işlab çiqaruvçi yoki yetkazib beruvçilar (iş bajaruvçi) tomonidan bajarilişi lozim. Bu mantiqiy va moliyaviy tomonlama maqsadga muvofiq hisoblanadi, çunki tovarlarni joylarga yetkazib berişda va örnatişda ularni sifatiga va texnik talablarga muvofiqligiga tenderda ğolib bölgan korxona javob beradi. Şuning uçun, umumta'lim maktablarini mebel, öquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va öqitişning texnik vositalarini xarid qilişdagi şartlarda tovarni “Öquv ta'lim-ta'minot” DUK bazasiga emas, balki bevosita maktablarga yetkazib berilişini belgilaş lozim.
Bunda, “Öquv ta'lim-ta'minot” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga davlat budjeti hisobidan (13 mlrd. söm) ortiqça mablağlar ajratilişi hamda alohida yana uşbu DUK tomonidan tovarlarni joylarga yetkazib beriş va örnatiş uçun mablağlar ajratiş talab etilmaydi va öz navbatida budjet mablağlari tejaladi”, - deyiladi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ma'lumotida.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, qaror loyihasining 4-bandi uçinçi xatboşisini hamda 6-bandi birinçi va uçinçi xatboşilarini çiqarib taşlaş lozimligi aytiladi.

















