«Biz katta bayramga tayyorlanyapmiz. Natijalar juda ajoyib. Yana takrorlayman, biz tantanaga hozirlanyapmiz. Köz oldimizda bölayotgan voqealar juda ajoyib. Şu örinda meni qöllaganlarni olqişlamoqçiman. Sizni qanday qilib olqişlamaslik mumkin?
Şu örinda bizning ovozlarimizni öğirlaşmoqçi bölişayotganini aytmoqçiman. Biroq ştatlardagi farqning kattaligini qarang, respublikaçilarning ovozini şunçaki olib qöyib bölmaydi. Demokratlar bizga yeta olmaydi. Men ğalabaga işonyapman.
Biz özimiz kutmagan ştatlarda yutdik, Pensilvaniyada ğalaba qozonyapmiz, Jorjiya va Şimoliy Karolinada ham ğolib böldik. Biz hatto Miçigan, Viskonsinda ğalaba qozonyapmiz. Töğrisi, bizga ğalaba uçun bu ştatlardagi ğalaba ham kerak emas.
Bilasizmi, men bu çiqişimda aslida ğalabam haqida e'lon qilişim kerak edi, biroq ovozlarni sanaş çözilib ketdi. Bu saylovda katta firibgarlik bölişi mumkin. Agar saylov uçastkalari yopilgaç, ovozlar qabul qilinsa, bunday holatda Oliy sudga murojaat qilamiz. Biz bu saylovlarni yutdik», dedi Tramp Oq uyda çiqiş qilar ekan.
Sönggi prognozlarga köra, Jo Bayden oldinda bormoqda: 244-217. Biroq The Washington Post'ga köra, hisob 219 ga 213, Bayden foydasiga. Agar Tramp aytganidek Pensilvaniyada ğalaba qozonsa, hisob uning foydasiga özgarişi ham mumkin. AQŞ prezidenti böliş uçun esa 270 vakilning ovozi kerak.













