20 oktabr kuni Prezident Mirziyoyev davlat tili bayrami oldidan «Mamlakatda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Ayni hujjatda Vazirlar Mahkamasiga uç oy muddatda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötişni ta'minlaş maqsadida işçi guruhi tuziş va qilinişi kerak bölgan işlarni belgilab oliş vazifasi yuklangan.

Kun.uz şu kabi kamçiliklar, prezident farmoni, şu asos bilan yaqin vaqtlarda qilinadigan işlar hamda turğunlik belgisi bölgan kirill yozuvidan qaçon töliq voz keçilişi borasida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov bilan intervyu uyuştirdi.

— Ayting-çi, farmon böyiça tuziladigan işçi guruh qança vaqtda lotin yozuviga töliq ötiş böyiça şaroitlarni hozirlaydi? Umuman, işçi guruhning qiladigan işi nimadan iborat böladi?

— Bu farmon davlat tilini rivojlantiriş va buni qonunan mustahkamlaş böyiça qilinayotgan işlarning davomi hisoblanadi. Bu farmonda siz aytganingizdek, lotin yozuviga töliq ötiş yuzasidan topşiriqlar ham belgilangan.

Agar tarixga nazar taşlaydigan bölsak, biz öz yozuvini eng köp özgartirgan xalqmiz. Jumladan, arab yozuvidan uzoq yillar foydalanib keldik. Undan keyin lotin va yana kirill yozuviga ham ötdik. 1993 yildan boşlab yana lotin yozuviga ötiş böyiça harakat qilyapmiz.

Prezidentning mana şu farmoni e'lon qilinganidan keyin ayrim internet sayt va çetdan yuritiladigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan buni boşqa tomonlarga buriş harakatlari kuzatilyapti.

Ularning fikriça, lotin yozuviga ötişi bilan Özbekiston turkiy davlatlar bilan bir bölib olayotgan ekan. Yöq, lotin yozuvi bizga begona yozuv emas. Yuqorida aytganimdek, 1929–40 yillar orasida aynan şu yozuvdan foydalanganmiz.

Yana bir narsani aytiş kerakki, 1993 yilda lotin yozuviga ötiş böyiça qonun qabul qilingan bölsa, 2005 yil uning ijrosiga oxirgi muddati deb olingan edi. 2004 yilda esa bu muddat yana 2010 yilgaça deb uzaytirildi. Afsuski, 2010 yil ötib, 2020 yil ham tugayaptiki, biz hamon bu masalani hal qilolganimiz yöq. Xullas, bu vaziyatga turli böhton va uydirmalarni aralaştiriş yaramaydi.

Biz özimizning tarixiy xatoyimizni töğrilaşimiz kerak.