Avstriyada politsiya maxsus amaliyot ötkazib, hodisaga aloqadorlikda gumon qilinganlarni qölga oliş va tintuv işlari olib borilmoqda. Politsiya guvohlar tomonidan mobil telefonlarga yozib olingan 20dan ortiq videoyozuvni örganmoqda.
Otişma vaqtida bir kişi politsiya tomonidan otib öldirilgan, yana bir kişi hibsga olingan.
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs röy bergan hodisani «manfur terrorçilik hujumi» deb atagan, mamlakat içki işlar vaziri Karl Nexammer ota-onalardan seşanba kuni farzandlarini maktabga olib bormaslikni söragan.
Sönggi yillardagi ilk terakt koronavirus tufayli lokdaun joriy etilgan kunlarga töğri keldi: 3 noyabrdan barlar va restoranlar yopilgan, mamlakatda keçki soat 20:00dan ertalabki soat 6:00ga qadar komendantlik soati amal qiladi.
Nima böldi?

Otişma haqidagi ilk xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 8da paydo böldi - guvohlar Şvedenplats maydonidagi sinagog yaqinida öq ovozlarini eşitişgani haqida aytişdi. Vena politsiyasi köp ötmasdan şaharning olti nuqtasida miltiq bilan qurollangan jinoyatçilar harakatlangani haqida ma'lum qildi, jinoyatçilarning biri öldirilgani (hujumda iştirok etgani gumonlangan şaxs politsiya tomonidan otib öldirilgan), şuningdek, bir neça kişi, jumladan, bir politsiyaçi jarohatlangani tasdiqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoroliklarda odamlar qoçib borayotgani, öq ovozlari yangrayotganini köriş mumkin.
«Biz xuddi petardalar portlaşini eslatadigan ovozlarni eşitdik. Şunday ovozdan 20 yoki 30 marta böldi, biz bu otişma ekanini angladik. Restoranimiz joylaşgan köçada politsiyaçilarni kördik. Tez yordam maşinalari ham töplana boşladi. Qurbonlar bor edi. Afsuski, şu köçada bir jasad yotardi», deydi restoranga hujum vaqtida şu joyda bölgan guvohlardan biri Kris.
Boşqa guvohlar ham vintovkalar bilan qurollangan şaxslar şahar böylab harakatlanib, bar va restoranlar mijozlariga, şuningdek, ötkinçi yölovçilarga qarata öq uzgani haqida aytib berişgan.
Qidiruv işlari
Ayni vaqtda Avstriya poytaxtida keng kölamli aksilterror amaliyot ötkazilmoqda. Şahar markazida blokpostlar örnatilgan, politsiya aholini jamoat joylaridan ketişga va şahar jamoat transportidan foydalanmaslikka çaqirmoqda.















