AQŞ tarixidagi eng mojaroli bölişi kutilayotgan saylov oxiriga yaqinlaşib qolgan körinadi. Saylov ötganiga ikki kun böldi hamki ğolib aniq emas. Biroq Associated Press ma'lumotiga köra, Viskonsin va Miçiganni öziniki qilgan Bayden 26 ta ovozga ega bölib, ğalabaga yaqinlaşdi. Baydenda ayni damda 264 nafar vakilning ovozi bor. Tramp esa hamon 214 ta ovoz bilan endilikda sezilarli farq bilan ortda bormoqda.

Baydenga ğalaba uçun Nevadadagi ğalaba yetarli böladi. Hozirça bu ştatda ham Bayden kiçik ustunlikka ega. 4 yil oldingi saylovlarda Tramp Klintonning ustunligi kutilgan Viskonsinda ğalaba qozongan va bu «breyk-point» Trampga yaxşigina ustunlik bergandi. Biroq bu gal Viskonsinda Bayden ğalaba qozondi. Tramp u yerda özining ustunligi haqida gapirgan bölsa-da.

Hukumatni qabul qiliş böyiça harakat iş boşladi

Jo Baydenning ustunligi mustahkamlana borgan sari Trampning ovozlarni soxtalaştiriş borasida iddaolari köpaymoqda. Bu esa prezident saylov natijalarini tan olmasligi oqibatida katta janjal yuzaga kelişi mumkinligini anglatadi. Şu sabab Bayden hukumatni tinç yöl bilan qölga kiritiş borasida harakat boşladi. Bu borada maxsus buildbackbetter.com sayti işga tuşirildi.

Lekin Bayden kerakli 270 ta ovozni qölga kiritsa, Tramp heç nima qila olmaydi. Agar ikki nomzod ham kerakli ovozni töplolmay, iş Oliy sudgaça borsa, ana unda Tramp katta janjal boşlaşi mumkin. Biroq Baydenning kerakli ovozni qölga kiritişi hukumat muammosiz topşirilişini ta'minlaydi.

Bayden öz tarafdorlari oldida çiqiş qilib, ovozlarni hisoblaş jarayoni tugaganini ma'lum qildi va öz ğalabasiga işonayotganini aytdi: «Şuni aytmoqçimanki, ovoz beriş jarayoni tugadi. Biz ğalaba uçun kerakli ovozlarni qölga kiritişga yaqinmiz. Amaldagi prezident hamon ğalaba qozonişi mumkin, lekin bu deyarli imkonsiz. Barça ovozlar inobatga olinişi, heç kimning fikri e'tiborsiz qolmasligi kerak, hozir ham, keyin ham. Döstlar, işonçim komil, biz ğalaba qozonamiz. Bu mening yoki bizning emas, barçaning, butun Amerika demokratiyasining ğalabasi böladi. Biz ğalaba qozonsak, ştatlar qizil yoki kökka ajratilmaydi», dedi Bayden öz tarafdorlari oldida çiqiş qilar ekan.

Baydenning ştabi u 270-ovozni qölga kiritişi bilan ğalabani e'lon qilişi haqida ma'lum qildi. Tramp ham ötgan safar xuddi şunday qilgandi. Bu vaqtda Tramp advokatlarini işga solişni boşladi. U ovozlar soxtalaştirilganini aytmoqda.